AYIRBOSHLASH SHARTNOMASI

AYIRBOSHLASH SHARTNOMASI — mulk qilib olish va topshirish majburiyati ifodalangan shartnoma. Bunga koʻra, har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirib beradi. Ayirboshlash shartnomasiga nisbatan tegishincha oldi-sotdi toʻgʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi. Bunda har qaysi taraf almashtirish yoʻli bilan topshirish majburiyatini olgan tovar sotuvchi va qabul qilish majburiyatini olgan tovarni sotib oluvchi hisoblanadi (OʻzR Fuqarolik kodeksi, 497-modda).