AZIZULLO

AZIZULLO (15-a.) — samarqandlik xattot. Mirzo Ulugʻbekning Azizullo tomonidan nasx xati bilan koʻchirilgan (taxm. 1439) «Ziji Koʻragoniy»si Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (inv. № 2214). Qoʻlyozma sahifalarida Ulugʻbekning tuzatishlari ham bor.