AJI

AJI — qad. diniy eʼtiqodlarga koʻra, yaxshiliklarni yaratuvchi Ahuramazdaning dushmani (shayton), fazoda yashovchi dahshatli ajdar, noʻrni oʻgʻirlovchi qora bulut timsoli. Aji qad. afsonalarda insonning ashaddiy dushmani sifatida talqin etilgan.