ADONIS

ADONIS — kichik sayyora. Quyosh atrofida (taxm. 296 mln. km uzoqlikda) ellips (ye-0,78) boʻylab 1008 sutkada toʻla bir marta aylanadi. 1968-y. gacha faqat bir marta — Yerga 2 mln. km masofada yaqinlashgan paytida kuzatilgan.