ADOLAT

«ADOLAT» — OʻzR Adliya vazirligining nashriyoti. Aholiga huquqiy yordam koʻrsatish «Adolat» markazi negizida 1992-y. may oyida tashkil etilgan. OʻzR Prezidentining Farmonlari, OʻzR Oliy Majlisi qabul qilgan qonunlar va meʼyoriy hujjatlar, ularga sharhlar, huquqiy mavzulardagi maʼlumotnomalar, oʻquv qoʻllanmalari, lugʻatlar, ilmiy-ommabop va badiiy kitob hamda risolalarni nashr etishga ixtisoslashgan. 1992—99 y. lar mobaynida «Oʻzbekistonning yangi qonunlari», «Oʻzbekiston Respublikasi kodekslari», «Oʻzbekiston Qonunlariga sharhlar», «Savollarga javoblar», «Axloq. Adab. Adolat», «Huquqiy merosimiz xazinasidan», «Oʻzbek detektivi», «Chet el detektivi» turkumidan kitob va risolalar chop etdi.