ADAMS

ADAMS (Adams) (1722.27.9-1803.2.10) — Amerika siyosiy va davlat arbobi va publitsisti, Angliyaning Shim. Amerikadagi mustamlakalarida ozodlik kurashi tashkilotchilaridan biri. «Ozodlik oʻgʻlonlari» inqilobiy tashkiloti rahbari. 1-Kontinental kongressni (1774) chaqirish tashabbuskorlaridan. A. Bostonda Muxbirlar komitetini tuzdi (1772). Undan oʻrnak olib Angliyaning Shim. Amerikadagi xamma mustamlakalarida ham shunday tashkilotlar tuzildi. Bular inqilobiy kurash markazlari va mustaqillik urushi davri (1775 — 83)da mahalliy inqilobiy hokimiyat kurtaklari edi. Adams 1794 — 97 ylarda Massachusets shtatining gubernatori.