ADABIYOT VA SANʼAT NASHRIYOTI

ADABIYOT VA SANʼAT NASHRIYOTI, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti — Oʻzbekiston nashriyotlaridan biri. Toshkent sh. da joylashgan. 1957-y. da Oʻzbekiston davlat nashriyoti adabiy-badiiy boʻlimlari negizida tashkil etilgan, Oʻzbekiston davlat badiiy-adabiyot nashriyoti deb atalgan. 1964-y. da «Toshkent» badiiy adabiyot nashriyoti nomi berilgan. 1966-y. dan Gʻafur Gʻulom nomi bilan ataladi. 1970-y. dan hoz. nomda. Nashriyot tomonidan hoz. va mumtoz oʻzbek adabiyoti hamda folklor asarlari nashr etiladi. Shuningdek xorijiy adiblarning asarlari, turli sanʼat asarlari, albomlar, plakatlar, otkritkalar va b. chop etiladi.