ADABIYOT MUZEYI

ADABIYOT MUZEYI, Fargʻona viloyat Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot muzeyi — madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa (Qoʻqon sh.). 1960-y. da asos solingan. 1966-y. da Fafur Gʻulom nomi berilgan. Muzey ekspozitsiyasi 7 boʻlimdan iborat. Koʻrgazmalarida Qoʻqon xonligining 18—19-a. dagi tarixiy, ijtimoiymadaniy hayotiga, Gʻoziy, Maxmur, Hoziq, Uvaysiy, Nodira, Mahzuna, Maʼdan, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Hamza va b. hayoti, ijodiga oid materiallar (shaxsiy buyumlar, asarlarning qoʻlyozmalari, toshbosma nusxalari, hoz. nashrlari, suratlar, arxiv hujjatlari va b.); Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, Fafur Gʻulom, Husayn Shams, Usmon Nosir, Amin Umariy va b. ijodini aks ettiruvchi materiallar bor. Muzeyda Navoiy asarlarining Qoʻqonda koʻchirilgan nusxalari, Nizomiy, Umar Hayyom, Saʼdiy, Hofiz, Bedil kabi mumtozlar asarlarining nodir qoʻlyozmalari, fors, ozar shoirlarining sheʼrlaridan tuzilgan bayon va majmualar, tazkiralar, Sankt-Peterburg, Boku, Istanbul, Orenburg, Qozon, Ufa, Boqchasaroy va b. joylarda chop etilgan gaz. va jur. lar mavjud.