AGULLAR

AGULLAR — Dogʻiston Respublikasining jan.-sharqidagi baland togʻli tumanlarda yashovchi xalq; qariyb 14 ming kishi; MDHda jami 19 ming kishi (1992). Agullar tili Kavkaz tillari oilasining Dogʻiston guruhiga kiradi. Agul tilida soʻzlashadi. Dindorlari — musulmon-sunniylar.