AGUASKALYENTES

AGUASKALYENTES — Meksikaning markaziy qismidagi shtat, San-Pedro daryosidan sugʻoriladigan platoda. Mayd. 5,5 ming km2. Aholisi 720 ming kishi (1990). Maʼmuriy markazi — Aguaskalyentes sh. Iqtisodiyotida q. x. (bugʻdoy, makkajoʻxori, loviya, sabzavot, meva yetishtirish, chorvachilik) yetakchi oʻrinda. Konchilik sanoati ham bir muncha rivojlangan. Polimetall rudalari qazib olinadi.