AGUDA

AGUDA (1068 – 1123) — Xitoydagi Szin davlatining asoschisi va birinchi imperatori (1115 — 23). 1113-y. da kidanlarga oʻlpon toʻlovchi Vanyanlarning chjurchjen urugʻiga boshchilik qildi. 1114-y. da kidanlarga karshi urushib ularning qalʼalarini egalladi. 1115-y. da oʻzini imperator deb eʼlon qildi va sulola nomini Szin («Oltin») deb atadi. 1116-y. da Manchjuriyani butunlay bosib oldi, 1123-y. da esa Shim. Xitoydagi kidanlarning Lyao saltanatini ham boʻysundirdi.