AGUASKALYENTES

AGUASKALYENTES — Meksikaning markaziy qismidagi shahar, Aguaskalyentes shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 293 ming kishi (1990). T. y. tuguni. Toʻqimachilik (ip gazlama, movut), oziq-ovqat (un tortish, meva konserva), neftni kayta ishlash sanoati korxonalari bor. Keramika buyumlari ishlab chiqariladi. Q. x. r-nining savdo markazi. Aguaskalyentes yaqinida issiq mineral suvli kurort (shahar nomi ham shundan) bor. Aguaskalyentesga 1575-y. da asos solingan. 18-a. ga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.