AGROFON

AGROFON (yun. agros — dala, lot. fundus — muhit) — tuproqning fizik va kimyoviy xossalari, unumdorligi jihatidan agronomiya talablariga mos holati; tuproqning agronomik xossalari majmui. Har bir uchastkaning Agrofon ini bilish q. x. ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish uchun agrotexnika hamda meliorativ tadbirlar majmuini toʻgʻri va tabaqalab amalga oshirish imkonini beradi. Agrofon kjeak yoki past darajada boʻlishi mumkin. Ekinlarni toʻgʻri almashlab ekish, mahalliy va mineral oʻgʻitlardan unumli foydalanish, q. x. ekinlari yetishtirish texnologiyasiga toʻgʻri amal qilish yoʻli bilan yuksak Agrofon barpo etiladi. Mas, yuksak Agrofon sharoitlarida gʻoʻza serhosil, sogʻlom oʻsadi, kasallik va hasharotlarga chidamli boʻladi, tola va chigit sifati yaxshilanadi. I. t. ishlarida tadqiqot maqsadlariga qarab Agrofon sunʼiy yaratiladi. Seleksioner olimlar yangi nav yaratishda va urugʻchilik ishlarida maxsus tayyorlangan Agrofon larda ish olib boradilar.