AGROFIRMA

AGROFIRMA — mahsulot i. ch., uni qayta ishlash va sotish, xizmat koʻrsatish tizimidagi korxonalarni yagona boshqaruv asosida birlashtirgan agrosanoat korxonasi. Agrofirma mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va yetkazib berish jarayonlaridagi barcha ishlarni yaxlit tizim orqali oʻz vaqtida muvofiqlashtirish, mehnat unumdorligini koʻtarish, xom ashyo nobudgarchiligini kamaytirish, shuningdek koʻrilgan foyda hisobidan yirik investitsiyalarni amalga oshirish hamda foydani Agrofirma tarkibidagi korxonalar oʻrtasida taqsimlashga imkoniyat yaratadi. Agrofirma mahalliy resurslardan unumli foydalanishni taʼminlaydi, uning tarkibiga yordamchi tarmoqlar va kichik korxonalar ham kirishi mumkin.

Oʻzbekistonda xukumat farmoyishi bilan keyingi yillarda «Beshariq» (Fargʻona viloyati), «Oqoltin» (Sirdaryo viloyati), «Romitan» (Buxoro viloyati) va b. A. lar tashkil etildi.