AVAZOV

AVAZOV Rixsi (1942.10.1, Jan. Qozogʻiston viloyati, Turbat qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1965). 1965-y. dan Hamza teatrida aktyor. Valish (Azimzoda, «Nasriddinning sarguzashtlari») A. ning sahnadagi ilk obrazidir. Teatrdagi eng yaxshi rollari: Amirxon (Uygʻun, «Zebunisso»), Nodirshoh (Fitrat, «Abulfayzxon»), Abulmalik (Uygʻun, Izzat Sulton, «Alisher Navoiy»), Darvesh Ali (O. Yoqubov, «Bir koshona siri») va b. Shuningdek, «Alisher Navoiy» (Gʻiyosiddin), «Yulduzli tunlar» (Ahmad Tanbal) kabi videofilm larda, «Kun va tun» (Bobur) telespektaklida, «Kasalxona» (akad. Yoʻldoshev) filmida ham rollar ijro etgan. Avazov sahnada oʻynagan rollari oʻziga xos kuchli emotsionalligi, yetuk va toʻlaqonli talqin etilganligi bilan ajralib turadi. U har bir yaratgan obrazining ijtimoiy mohiyatini ochishga, unga mos mimik ifodalar, harakatlar, ohanglar topishga harakat qiladi.