AVAZ OʻTAR UY-MUZEYI

AVAZ OʻTAR UY-MUZEYI — adabiymemorial muzey. Avaz tavalludining 100-yilligi munosabati bilan Ichan qalʼada u yashagan uy oʻrnida qurilgan binoda ochilgan (1984). Muzey oldida shoirga haykal oʻrnatilgan. U 4 xonadan iborat: 1 – xonaga Avaz asarlaridan namunalar, suratlari, albomlar, ustoz va shogirdlarning kitoblari va b. qoʻyilgan; 2 – xonani shoirning otasi Polvonniyozning kiyim-boshlari, sandiq, koʻrpa-toʻshak, oʻchoq, chiroq, xurjun, miltiq va b. egallagan; 3 – xona Avaz ijodxonasi: stol, kursi, lavh, shamdon, oyna, siyohdon, qalamdon bor, tokchaga kitoblar terilgan, shuningdek shoirning kiyim-kechaklari va b. qoʻyilgan; 4 – xona mehmonxona, unda dasturxon, choynak-piyola, patnis, koʻrpacha, naqshli stol, soat va b. bor, devoriga soʻzana, dutor osilgan. Muzey eksponatlari 3 mingga yaqin.