ABHARIY

ABHARIY, Asiriddin Mufazel ibn Umar (13-a.) — mantiqshunos olim. Niso (hoz. Ashxobod) yaqinidagi Abhar qishlogʻida tavallud topgan. Buxoro va Samarqand madrasalarida taʼlim olgan. Ikki qismdan iborat «Tugʻilish va oʻlim haqida risola» muallifi. Asarning birinchi qismi 6 fasldan iborat:

1) Vojibul Vujud (Alloh)ning isboti;

2) Vojibul Vujud yagonaligi;

3) Vojibul Vujud namoyon boʻlishi;

4) oqibat isboti; 5) aqdlar koʻpligi;

6) malakali ruhlar. 2 – qismi 5 fasldan iborat:

1) jismoniy oʻlim;

2) ruh koʻchib yurishining rad etilishi;

3) buzilmaydigan ruh;

4) ruhiy oʻlim;

5) karomat, vahiy va ilhom. Asar qoʻlyozmalaridan biri Tehron unti Markaziy kutubxonasida, yana biri Eron Millat Majlisi kutubxonasida va uchinchisi Erondagi Sipohsolor madrasasi kutubxonasida saqlanadi.

ABA — Markaziy Myanmada 14—18 – a. larda tarqoq hokimliklarni birlashtirgan davlat (poytaxti ham shu nom 6-n atalgan). Bu davlat 1752-y. da barham topgan boʻlsa ham, lekin Abhariy nomi 19 – a. da ham Myanmaning hamma qismi uchun qoʻllanilgan.