ABXAZ TILI

ABXAZ TILI — Abxaziyada yashovchi abxazlar tili. Kavkaz (iberiy-kavkaz) tillarining abxaz-edigey guruhiga kiradi. Abxaz tilida 70 mingdan koʻproq kishi soʻzlashadi. 2 asosiy dialekti — abjuy (adabiy tilga asos boʻlgan) va bzib bor. A. t. da undosh fonemalar juda koʻp. Unlilar tizimi oddiy. Turlanish kam taraqqiy etgan. Lugʻatidagi koʻp soʻzlar bir boʻgʻinli oʻzakdan iborat. 19 – a. ning 60-y. larqdan Abxaz tili yozuvini yaratish uchun intilishlar boʻldi. 1862-y. da P. K. Uslar Abxaz tili uchun kirill-rus grafikasi asosida alifbo tuzdi. 1926-y. da u tizimi N. Ya. Marrning analitik alifbosi bilan almashtirildi. Abxaz tili 1928-y. dan lotin, 1938-y. dan gruzin, 1954-y. dan yana kirill-rus grafikasi asosidagi yozuvga koʻchdi.