ABUTALIYEV Faradey Basirovich

ABUTALIYEV Faradey Basirovich (1932.25.3, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), fizika-mat, fanlari d-ri (1964), prof. (1972). Oʻrta Osiyo davlat un-tini tugatgan (1952). Oʻzbekiston FA Hisoblash markazli kibernetika in-tida ilmiy xodim (1957 — 62), 1962-y. dan lab. mudiri. I. t. ishlari differensial tenglamalar, hisoblash mat. si, dasturlash, axborotlar nazariyasi, elastiklik nazariyasi, gidrodinamika muammolariga bagʻishlangan. Abutaliyev parabolik tipdagi nochiziqli tenglamalarning ixtiyoriy shaklli sohalaridagi yechimlarini topish uchun tejamli hisoblash sxemalarini ishlab chiqdi.