ABULHASAN SIMJURIY

ABULHASAN SIMJURIY Muhammad ibn Ibrohim (?—989) — somoniylar sipohsolori va Xurosondagi noibi (957-y. dan). Asli Gʻulomlardan. Buvayxiylar va ziyoriylarta qarshi janglarda gʻalaba qozongan, uning yordamida Gʻaznada somoniylar hukmronligi oʻrnatilgan. Soʻng, u somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (976—997) dan yashirincha koraxoniylardan Bugʻroxon (Horun ibn Muso, 992-y. da vafot etgan) bilan somoniylar tasarrufidagi yerlarni oʻzaro boʻlib olish xususida muzokara olib borgan. Kelishuvga koʻra, Movarounnaxr Bugʻroxonning, Amudaryoning jan. dagi yerlar esa Abulhasan Simjuriyning qoʻliga oʻtishi lozim boʻlgan. Bu fitnada Abulhasan Simjuriy va Bugʻroxondan tashqari Nuh ibn Mansoʻrning yirik amirlaridan Foiq ham ishtirok etgan. Bu esa somoniylar inqirozini tezlashtirgan.