ABULXAYRXON

ABULXAYRXON (1412-1468) — Oʻzbek ulusi xoni (1428-y. dan). 1446-y. da Abulxayrxon Sirdaryo boʻyidagi bir qancha shahar va qalʼalar (Oqqoʻrgʻon, Arquq, Oʻzgan, Sigʻnoq, Suzoq) ni bosib oldi. 1447-y. da mamlakat poytaxti Sibirdan Sigʻnoqqa koʻchirildi. 1431-y. da A. Xorazmni bosib oldi. 1448-y. da Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni qamal qildi. 1451-y. da Abulxayrxon Abu Said bilan qoʻshilib yana Samarqandga yurish qildi va uni taxtga oʻtqazdi. Abulxayrxon temuriylardan Muhammad Joʻqiyga ham koʻmaklashdi (1460—62). Abulxayrxon vafotidan keyin Iboqxon, Jonibek, Burka sulton, Yomgʻurchi, Muso mirzo, Ahmadxon taxt vorisi Shayx Haydarni magʻlub qildilar. Lekin 15-a. ning 80-y. larida Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon oʻz raqiblari ustidan gʻalaba qozondi va hokimiyatni qoʻlga oldi.