ABULFARAJ ISFAHONIY

ABULFARAJ ISFAHONIY (897, Isfahon — 967.21.11, Bagʻdod) — arab yozuvchisi. Umaviylarning Marvon II naslidan. Arab adabiyoti sheʼriyati va tarixi boʻyicha yetuk olim boʻlgan. Hadis, grammatika, lugʻatchilik, tabobat, astronomiya b-n shugʻullangan. Abulfaraj Isfahoniyning 20 jildli «Al-agʻoniy al-kabir» («Qoʻshiqlar katta kitobi»)ida arab sheʼriyati haqida mufassal maʼlumotlar beriladi. Bu kitob 1285-y. da Misrda nashr etilgan, Yevropada mashhur boʻlgan.