ABULFARAJ

ABULFARAJ (adabiy taxallusi Grigoriy Ioann Bar-Ebrey) (1226— 1286) — suriyalik yozuvchi, olim. Monofizitlar — Suriya masihiylari boshligʻi. Tibbiyot, tarix, falsafa, grammatikaga oid ilmiy ishlari bor. «Qiziqarli voqealar kitobi» axloqiy va hajviy mavzuda.