ABULFAZL MUHAMMAD SAMARQANDIY

ABULFAZL MUHAMMAD SAMARQANDIY (imom Abulfazl Muhammad ibn Abduljalil ibn Abdulmalik ibn Ali ibn Haydar) (12-a.) — tarjimon, tarixchi. Abulfazl Muhammad Samarqandiy ustozi Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy as-Samarqandiyning «Kitob ul-qand fi tarixi Samarqand» («Samarqand tarixi haqida qand kitob») nomli arab tilidagi asarini fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan va uni «Qandiyayi xurd» («Kichik kandiya») deb atagan.