ABULABBOS TUSIY

ABULABBOS TUSIY Fazl ibn Sulaymon (8 – a) — xalifalikning Xuroson va Seyistondagi noibi (782—786), amir, Abu Muslim safdoshi. Movarounnahr ham uning nazoratida boʻlgan. Abulabbos Tusiy koʻchmanchi qabilalar hujumidan saqlanish uchun Buxoro bilan Sugʻd oraligʻida devor qurdirgan. Har bir farsaxga (1 farsax — 6—7 km ga teng) bittadan darvoza, har yarim mil masofada bittadan mustahkam minora barpo etgan. Baʼzi manbalarda (Masʼudiy) A. T. Buxoroning vayron boʻlgan devorlarini tiklagan, deb yoziladi. Abulabbos Tusiy mamlakat obodonchiligi yoʻlida koʻp ishlarni amalga oshirgan.