ABUBAKIROV Noil Qodirovich

ABUBAKIROV Noil Qodirovich (1919.30.5, Qoʻqon – 1998.6.12, Toshkent) — kimyogar olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1979). Kimyo fanlari d-ri (1961), prof. (1964), Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1941). Oʻzbekiston FA kimyo insitutida ilmiy xodim (1946—56), Oʻsimlik moddalari kimyosi in-tida direktor oʻrinbosari (1956—65, 1980 — 83), shu in-t glikozidlar kimyosi lab. mudiri (1956—90), 1990-y. dan bosh ilmiy xodim. Abubakirov rahbarligida yurak glikozidlari — strofantin va uzargenlar sintez qilindi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967).