ABU HAFSI KABIR

ABU HAFSI KABIR (9-a.) — fikhshunos olim. Imom Buxoriy bilan zamondosh. Abu Hafsi Kabir fiqx. boʻyicha mashhur boʻlgan. Oʻgʻli Abu Abdulloh ham islom olamida taniqli. Uni otasi bilan yanglishtirmaslik maqsadida ulamolar otasini Abu Hafsi kabir, oʻgʻlini Abu Hafsi sagʻir deb ataganlar. Abu Hafsi Kabir «Al-Ahvoʼval-ixtilof» («Havoyi gaplar va kelishmovchiliklar»), «Ar-raddu alal-Lafziyya» («Yuzaki qarovchilarga raddiya») kitoblarining muallifidir.