ABU YUSUF

ABU YUSUF Yoqub ibn Ibrohim (731-798) — fiqhshunos olim. Abu Hanifaning shogirdi. Xalifalar Xodi (785 — 786) va Horun ar-Rashid (786— 809) davrida Bagʻdodda qozi boʻlgan. Abu Yusuf Horun ar-Rashid topshirigʻiga koʻra «Kitob al-xiroj» («Soliq haqida kitob») asarini yozgan. Bu kitob ilk xalifalikning ijtimoiy-iqtisodiy tarixi boʻyicha qimmatli manba hisoblanadi.