ABU SULAYMON

ABU SULAYMON Muhammad ibn Tohir ibn Bahrom Sijistoniy Mantiqiy (912 — Bagʻdod — 985) — faylasuf. Abu Nasr Forobiyning zamondoshi, u bilan ilmiy bahslar qurgan. Abu Sulaymon arab va yunon tilini yaxshi bilgan. Uning asarlari: «Risolatun fi marotib quvayyul inson» («Inson quvvatlarining darajalari haqida risola»), «Rasoyil Eziddavla» («Eziddavla risolalari»), «Sharhe kutub Aristutolis» («Arastu kitoblariga sharh»). Baʼzi maʼlumotga qaraganda, Abu Sulaymonning «Suvonul hikmatu» («Hikmatlar toʻplami») va «Muxarrik avval» («Birinchi harakatlanuvchi») asari ham boʻlgan. Abu Sulaymon mantiqilmi bilan koʻp shugʻullanganligi uchun Mantiqiy laqabiga ega edi.