ABU SAID MUHAMMAD RUMIY

ABU SAID MUHAMMAD RUMIY (PAXLAVON) (15-a.) — hirotlik olim, shoir, sozanda-bastakor, xonanda. Hirotlik mashhur bastakor – xonanda Usta Shodining shogirdi. U hayotining koʻp qismini Hirot (Husayn Boyqaro saroyi)da oʻtkazgan. Alisher Navoiy rahnamoligida ijod qilgan. Qirq shogirdiga har kuni ilmi faroiz (mat.) dan, ohangdoshlik (prosodiya) va imlo — inshodan, goʻshtgir (pahlavon)likdan, ilmi musiqiydan taʼlim bergan. Uning Rost maqomining panjgoh qismidagi qoʻshiqlari gʻoyat yoqimli va mashhur. Abu Said Muhammad Rumiy (P)ning ijrochilik va bastakorlik faoliyati Navoiyning «Holoti Paxlavon Muhammad» asarida yoritilgan.