ABU SAID

ABU SAID (1305-1335) — Hulokuiylar davlati hukmdori (1316— 35). Oʻljoytuxonnit oʻgʻli. 1313-y. Xuroson noibi etib tayinlanib, yoshligi sababli uni otaliq yordamida idora etgan. 1316-y. otasi vafot etgach, Hulokuiylar davlati taxtiga oʻtirgan boʻlsada, davlatni uning nomidan amir Choban boshqarib turgan (1327-y. gacha). Abu Said davrida Misrga qarshi uzoq vaqt olib borilgan urush pirovardida oʻzaro sulh bilan yakunlangan, Oltin Oʻrda va Chigʻatoy ulusidan qilingan hujumlar qaytarilgan, Kichik Osiyoda moʻgʻullar hukmronligi yanada mustahkamlangan. Abu Said otasi Oʻljoytuxon zamonida davlat dini darajasiga koʻtarilgan shialik taʼlimotiga chek qoʻyib, oʻz tangalarida yana choryorlar (toʻrt xalifa — Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali) nomini zarb qildirgan.