ABU NASR QUBAVIY

ABU NASR QUBAVIY Axmad ibn Muhammad ibn Nasr (11 — 12-a. lar) — quvalik tarixchi va tarjimon. 1128 — 29 y. larda Narshaxiyning «Tarixi Buxoro» («Buxoro tarixi») asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan. Tarjima qilish jarayonida unga Buxoro tarixiga doir katta tarixiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni ham kiritgan. Bu asarning bir necha qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanmoqda.