ABU NASR PORSO MAQBARASI

ABU NASR PORSO MAQBARASI — naqshbandiya tariqatining koʻzga koʻringan vakili Shayx Abu Nasr Porso qabri ustiga qurilgan yodgorlik (15-a. ning 70-y. lari). Balx sh. da. Bino toʻrtburchak tarhli, har tarafi oʻrtasida ikki oshyonli ravoq-ayvonlar bor. Katta peshtoq, ikki yonidagi baland guldastaburjlar, orqadagi mayda va zich gʻarovli gumbaz juda serhasham. Meʼmor oʻz davrigacha meʼmorchilikda erishilgan barcha ijodiy sifatlardan foydalangan. Ayniqsa koshinkori bezaklar nihoyatda noziq va nafis.