ABU MANSUR ISFAHONIY

ABU MANSUR ISFAHONIY Husayn ibn Zayd ibn Tohir (? — 1057) — riyoziyotchi, musiqada Ibn Sinoning (Isfahondagi) shogirdi. Ibn Sinoning falsafiy risolalaridan «Hay ibn Yaqzon» («Yaqzonning oʻgʻli Hay») asariga sharh yozgan hamda «Shifo» asarining mazmunini saqlagan holda kisqartmasini tuzgan.