ABU LAYS SAMARQANDIY

ABU LAYS SAMARQANDIY (Abu Lays Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim as-Samarqandiy) (? — 1003) — qonunshunos va ilohiyot olimi, Samarqand shayxulislomi. «Xizonat ul-fikh» («Fiqh xazinasi»), «Boʻston ul-orifin» («Oriflar boʻstoni»), «Tafsir ul-Qurʼon» («Qurʼon tafsiri») va shunga oʻxshash bir qancha asarlari mashhur.