ABU ZARR

ABU ZARR al-Gʻiforiy (653-y. v. e.) — Muhammad(sav)ning yaqin sahobalaridan biri. Xalifalikda Ali avlodlari hukmron boʻlishi kerak degan gʻoyani ilgari surgan. Abu Zarr islom manbalarida nomi koʻp tilga olinadigan, barcha hadis toʻplamlarida hadis naql qiluvchi roviy sahobalardan hisoblanadi.