ABU ZAYD

ABU ZAYD Ubaydullo ibn Umar ibn Iso ad-Dabusiy (? — 1039) — buxorolik fiqh olimi. Fiqhda keng tarqalgan «Ilm ul-xilof» («Ixtiloflar haqidagi ilm») taʼlimotiga asos solgan. Asli Dabusiya shahridan. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qoʻlyozmalar fondida Abu Zaydning 1094-y. koʻchirilgan «Taqvim ul-adilla fil-usul» («Qonunshunoslik asoslari boʻyicha dalillar bayoni») va 1278-y. koʻchirilgan axloqqa doir «al-Amad ul-aqso» («Oxirgi chegara») asarlari nusxasi saqlanmoqda.