ABU DABI

ABU DABI, Abu Zabi — BAA ning muvaqqat poytaxti. Abu Dabi amirligining maʼmuriy va savdo-transport markazi. Aholisi 363 ming kishi (1989). Fors qoʻltigʻi sohilidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neft qazib olinadigan r-nning markazi. Neft qayta ishlanadi. Baliq ovlanadi. Fors qoʻltigʻi boʻyida Zayd dengiz porti bor. Port orqali asosan neft, neft mahsulotlari va siqilgan gaz eksport qilinadi.