ABU BAKR

ABU BAKR (11 — 12-a. lar) — binokor usta. 1077 – 86 yoki 1096 – 1106-y. larda Dandanaqon (hoz. Turkmaniston)dagi masjidni qurgan. Arxeologik qazishlar natijasida topilgan masjid xarobalaridagi bezaklar orasida ustaning ismi va bino qurilgan yillar yozilgan.