ABSTRAKSIONIZM

ABSTRAKSIONIZM (lot. abstractio-mavhumlik, nomaʼlumlik, uzoqlashish) . 20-a. da avval tasviriy sanʼatda paydo boʻlib, keyin adabiyotga oʻz taʼsirini oʻtkazgan oqim. Namoyandalari — Charlz Novard, Styuoriy Devis, Krauford, Retner, Morris, M. Seyfer, P. Mondrian, Paulo Kleye va b. sanʼat borliqning emas, sanʼatkor his-tuygʻularining inʼikosi degan gʻoyani ilgari surishgan. Bu oqimdagilar ijodida his, tuygʻu, xayol borliqdan uzilgan chiziqlar, geometrik shakllarda namoyon boʻladi, shakl va mazmun bir-biriga singib ketadi, yaʼni anʼanaviy tushunchadagi mazmun va shakl oʻz mohiya-tini yoʻqotadi. Abstraksionizmning taʼsiri fransuz sheʼriyatida ayniqsa sezilarlidir. Abstraksionizm badiiy adabiyotda «antiroman» va b. koʻrinishlarda namoyon boʻlmoqda. Abstraksionizm oqimi namoyandalari «voqelikni inkor etish evaziga ruhiy voqelik» yaratmoqchi boʻladilar.

50-y. larda Abstraksionizm sanʼatning «Belgilar sanʼati», «iyerogliflar», «kalligrafiya» kabi ichki yoʻnalishlari paydo boʻldi. Abstraksionizm sanʼatga maʼlum bir uslubiy yangilik olib kelgan boʻlsada, taniqli mutafakkir va sanʼatkorlarning tanqidiga uchradi. Xususan, Abstraksionizm Kamyu voqelikdan mutlaq uzilgan asarning faqat voqelikka yopishib olgan asardan farqi yoʻq deb qaraydi. Kamyuning fikricha, sanʼat voqelik va sanʼatkor his-tuygʻulari oʻrtasidagi erkin va tabiiy uygʻunlashuvdan paydo boʻladi. Lekin Abstraksionizm sanʼat va uning tasvir usullari haqidagi tasavvoʻrni boyitgani uchun ham klmmatlidir.