ABSTINENSIYA

ABSTINENSIYA (lot. abstinentia – oʻzini tiyish) — kishi doimiy oʻrganib qolgan narsasi (spirtli ichimliklar ichish, narkotik moddalar qabul qilish, jinsiy aloqa qilish) dan voz kechganda kuzatiladigan xumorlik (tushkunlikka tushish, kayfiyatning aynishi, qoʻrquv, uyqusizlik, titrash, tirishish) holati.