ABSORBSIYA

ABSORBSIYA (lot. absorbtio — yutilish, absorbeo — yutayapman soʻzidan) — eritma yoki gaz aralashmasidagi modda (absorbat)larning qattiq jism yoki suyuqlik (absorbent)larga hajmiy yutilishi. Gazlarning suyuqliklarga Absorbsiya lanishidan neftni qayta ishlash, koksbenzol va b. sanoat sohalarida foydalaniladi. Gazlarning bugʻ va suyuqliklarda erish darajasining turliligiga asoslangan holda Absorbsiyadan texnikada gazlarni tozalash va ajratishda hamda ularni bugʻgaz aralashmalaridan ajratishda foydalaniladi. Absorbsiyaga qarama-qarshi jarayon desorbsiya deyiladi, u eritma yutgan gazni ajratib olish va absorbentni regeneratsiya qilishda qoʻllaniladi.