ABRUY QOʻZGʻOLONI

ABRUY QOʻZGʻOLONI — 6-a. ning 80-y. larida mahalliy tabaqa — dehqonlarga va savdo aristokratiyasiga qarshi Quyi Sugʻd (hoz. Buxoro viloyati) aholisi kambagʻal tabaqasining koʻtargan qoʻzgʻoloni. Qoʻzgʻolonga Abruy boshchilik qilgan. 10-a. da yashagan Buxoro tarixchisi Narshaxiyning xabar berishicha, Buxoro aholisi Abruyni Boykand (Poykend) sh. ga hokim qilib tayinlaydi.

Abruy qoʻzgʻolonidan zarar koʻrgan dehqonlar va mulkdorlarning koʻpchiligi Turk xoqonligi qoʻl ostidagi Taroz va Turkiston sh. larigʻa qochib borib, Turk xoqoni Qorachurindan qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurashda yordam soʻraydilar. Qorachurin oʻgʻli Sheri Kishvar (Elbars yoki Elarslon) boshchiligida Buxoroga katta lashkar yuboradi. Natijada qoʻzgʻolon bostiriladi. Buxorodagi yerlar yana oʻz egalari — dehqonlarga qaytarib beriladi.