ABRIS

ABRIS (nem. abrip — chiziq, xomaki rasm) — 1) reproduktiv litografiyaga — koʻchirilayotgan tasvir qiyofasi; shaffof material — plyur (yelim kat-lamli shaffof qogʻoz), kalka yoki jelatin plyonkaga maxsus tush bilan chiziladi;

2) geodeziyada — dala sharoitida qoʻlda chizilgan va oʻlchamlar koʻrsatilgan xomaki chizma; 3) harbiy ishda yoʻlning xomaki rejasi. Abris jang boshlanishiga oz vaqt qolganda yoki havo yomon paytlarda harbiy mutaxassislar tomonidan koʻz bilan chamalab chiziladi. Yoʻl qogʻozda toʻgʻri chiziq bilan koʻrsatiladi. Yoʻlda uchraydigan narsalar (koʻpriklar, quruqdan aylanib va suvdan kechib oʻtiladigan joylar) nuqta yoki kichik doira bilan koʻrsatiladi. Chiziq bilan koʻrsatishning iloji boʻlmasa, qogʻozning bir chetida qisqa sharh beriladi. Abris, odatda, xarita oʻrnida ishlatiladi.