ABREKLAR

ABREKLAR (osetincha abirayeg, abreg — darbadar, yoʻltoʻsar soʻzidan) — oʻtmishda Shim. Kavkaz xalqlarida urugʻ dargohidan haydalib, sargardonlik va yoʻltoʻsarlik bilan hayot kechirgan kishilar. Rus imperiyasi Shim. Kavkazni bosib olgan vaqtlardan rus bosqinchilariga qarshi yakka holda kurashganlarning barchasi shu nom bilan atalgan.