ABRAZIYA

ABRAZIYA (geologiyada) — toʻlqin taʼsirida dengiz, koʻl va yirik suv omborlari qirgʻogʻining yemirilishi va tekislanishi. Yemirilishdan paydo boʻlgan jinslar suv bilan yuvilib dengiz tubiga choʻkadi. Abraziya tezligi qirgʻoqning geologik tuzilishi hamda toʻlqin kuchiga bogʻliq. Abraziya natijasida abrazion terrasa paydo boʻladi. Abrazion terra-saning kengayishi natijasida Abraziya asta-sekin soʻnadi.