ABRAZIV ISHLOV BERISH

ABRAZIV ISHLOV BERISH — abraziv asboblar yordamida metallar, shisha, yogʻoch va b. materiallarga mexanik ishlov berish. Abraziv ishlov berish jumlasiga silliklash va yaltiratish, xoninglash, ishqalash, charxlash, oʻlchamiga yetkazish va b. usullar kiradi (yana q. Abraziv materiallar).