ABRAZIV ASBOBLAR

ABRAZIV ASBOBLAR (keskichlar) — abraziv materiallardan maʼlum shaklda tayyorlanadigan asboblar. Abraziv asboblarning qattiq (mas, silliqlash doirasi, qayroqtosh) va yumshoq (mas, jilvir latta) xillari boʻladi. Bular metall, tosh, shisha, taxta, rezina, charm, marmar kabi tabiiy va sunʼiy materiallar sirtini silliqlashda hamda togʻ jinslarini parmalashda ishlatiladi. Oʻzbekistonda Abraziv asboblar ishlab chiqaradigan Toshkent abraziv z-di bor.