ABORTIV INFEKSIYA

ABORTIV INFEKSIYA — 1) (tibbiyotda) yuqumli kasallikning roʻyrost yuzaga chiqmay, qisqa vaqt davom etishi;

2) (mikrobiologiyada) bakteriya hujayrasiga bakteriofag yuqtirilgach, fag zarralarining koʻpaymasligi, bakteriyaning erib ketmasligi. Bakteriyalar hujayrasini turli moddalar bilan dorilash, och qoldirish, kalsiy ionlarining boʻlmasligi ularda fagning koʻpayishiga toʻsqinlik qila oladi.