ABORIGENLAR

ABORIGENLAR (lot. aborigine — qadimdan, boshdan) — 1) biror mamlakat, oʻlkaning qadimdan oʻsha joyda yashab kelayotgan tub aholisi. Qad. Rim rivoyatlariga koʻra, Apennin togʻlari etaklaridagi Latsiyada yashovchi qad. qabila A. deb atalgan;

2) oʻsimlik va hayvonlarning bir joyning oʻziga qad. dan xos boʻlgan mahalliy, jaydari nav va zotlari (q. Avtoxtonlar).